«otabek bakirov» tegli maqolalar


“Paxtakor” futbol klubini sotish vaqtincha to‘xtatildi
19 yanvar 2024, 10:38

“Paxtakor” futbol klubini sotish vaqtincha to‘xtatildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik fikrini o‘rgangach, “Paxtakor” futbol klubini vaqtincha savdodan chiqardi. Avvalroq blogerlar klub va 24 gektar maydonda joylashgan stadionni birga sotmaslikni taklif qilgandi.

Iqtisodchi poytaxtning 2023-yilgi budjeti qo‘shimcha manbalari taqsimotini tanqid qildi
13 fevral 2023, 10:52

Iqtisodchi poytaxtning 2023-yilgi budjeti qo‘shimcha manbalari taqsimotini tanqid qildi

Iqtisodchi Otabek Bakirov 2023-yil uchun Toshkent budjetining qo‘shimcha daromadlari taqsimotini tanqid qildi. Xususan, moliyalashtirishdagi muammo, kurashga pul ajratish davom etayotgani, maktablar ta’mirlanishidagi katta farqni ta’kidlab, “budjetni osmonga sovurishda davom etamizmi?” degan savol bilan yuzlandi.

Nima o‘qiymiz? Iqtisodchi Otabek Bakirov tavsiya qiladi
10 dekabr 2022, 16:50

Nima o‘qiymiz? Iqtisodchi Otabek Bakirov tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Eng sara asarlar, o‘qilishi shart 10 kitob haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyasini sizga yetkazamiz.

Bu “risklar” savdoni erkinlashtirmaslik uchun sun’iy o‘ylab topilgan qiyinchiliklar — iqtisodchilar Galina Saidovaning so‘zlari haqida
27 mart 2022, 16:00

Bu “risklar” savdoni erkinlashtirmaslik uchun sun’iy o‘ylab topilgan qiyinchiliklar — iqtisodchilar Galina Saidovaning so‘zlari haqida

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidovaning O‘zbekistonda savdoni liberallashtirishdagi risklar haqidagi so‘zlariga iqtisodchilar o‘z munosabatini bildirdi. “Maqolani 3 marotaba o‘qisam ham iqtisodiyotimizga liberalizatsiyaning qanday risklari mavjud ekanligini tushunmadim”, — dedi Botir Qobilov.

«Uzauto Motors narxlarni oshirishdan oldin qariyb $1 mlrdlik yig‘imlarni to‘laganini isbotlashi kerak»
26 fevral 2022, 15:40

«Uzauto Motors narxlarni oshirishdan oldin qariyb $1 mlrdlik yig‘imlarni to‘laganini isbotlashi kerak»

Uzauto Motors kompaniyasi agar avtomobillari narxini oshirmoqchi bo‘lsa, unda oldin 10,7 trln so‘mlik (taxminan $993,5 mln) yangi avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im va utilizatsiya yig‘imini to‘langanligini isbotlashi kerak, degan fikrda deputat Rasul Kusherbayev va iqtisodchi Otabek Bakirov. Davlat organlari yig‘imlar to‘lovlari haqida to‘liq ma’lumotni oshkor qilmayapti yoki taqdim etmayapti. Shunga qaramasdan «Gazeta.uz» 8 oy mobaynida beshta ishlab chiqaruvchi 3,3 trln so‘mdan ko‘proq utilizatsiya yig‘imini to‘laganligini aniqlashtira oldi.

UzAutoMotors 2021 yil uchun 5,3 trln so‘m utilizatsiya yig‘imi to‘lashi kerak — iqtisodchi Otabek Bakirov
21 fevral 2022, 18:51

UzAutoMotors 2021 yil uchun 5,3 trln so‘m utilizatsiya yig‘imi to‘lashi kerak — iqtisodchi Otabek Bakirov

2020 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan avtotransport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan. Biroq ushbu yig‘im bo‘yicha undirilgan to‘lovlar bo‘yicha so‘nggi 1,5 yil davomida ma’lumotlar berilmagan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, Uzauto Motors ushbu yig‘im bo‘yicha 2020 yil avgust-dekabr oylari uchun qariyb 2,5 trln so‘m, 2021 yil uchun esa kamida 5,3 trln so‘m to‘lashi kerak.

Prezident viloyat hokimlarining uy-joy qurishda 2−3 ta pudratchi tashkilot bilan cheklanib qolayotganini tanqid qildi
3 dekabr 2021, 21:06

Prezident viloyat hokimlarining uy-joy qurishda 2−3 ta pudratchi tashkilot bilan cheklanib qolayotganini tanqid qildi

Endilikda davlat hisobidan bajariladigan qurilishlarda bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika hamda viloyat shtablari tuziladi. Bu orqali qurilish narxlarini asossiz oshirish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish nazoratga olinadi.

Deputat dollarni «qora bozor»da almashtirishga majbur bo‘ldi
28 noyabr 2021, 13:42

Deputat dollarni «qora bozor»da almashtirishga majbur bo‘ldi

Rasul Kusherbayev Markaziy bankni dam olish kunlari valyuta ayinboshlash shoxobchalari ishlamasligi tufayli odamlarni valyutani «qora bozorda» almashtirishga majbur qilayotganlikda aybladi. Deputat guvohlar ishtirokida 50 dollarni ko‘chada almashtirdi. «Har qanday vaziyatda ham fuqarolar huquqbuzarlik qilmasliklari uchun ularni shuni qilishga majbur qiluvchi barcha sabablar bartaraf etilishi shart», — deya ta’kidladi u.

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»
23 iyul 2021, 14:27

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»

«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.

«Bizda svet avval „tekin“ edi, lekin bo‘lmagan. Hozir svet qimmat, lekin baribir yo‘q» — Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, svet va gaz tizimi haqida
15 iyul 2021, 18:06

«Bizda svet avval „tekin“ edi, lekin bo‘lmagan. Hozir svet qimmat, lekin baribir yo‘q» — Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, svet va gaz tizimi haqida

Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting